"Vest Bromvich" 1-bo'limda 48 ta aniq uzatmani amalga oshirdi. Xenderson – 85 ta

27 dek 2020, 22:48
"Liverpul" va "Vest Bromvich" klublari o'rtasidagi uchrashuv davom etmoqda (APL, 15-tur).

Yurgen Klopp jamoasi birinchi taymning katta qismida to'p nazoratini o'z qo'lida ushlab turdi (82%).

"Vest Bromvich" futbolchilari birgalashim 1-bo'lim davomida 48 ta aniq uzatmani amalga oshirishdi. "Liverpul" sardori Jordan Xenderson (85) va yarim himoyachi Kertis Jons (49) raqib o'yinchilarining umumiy ko'rsatkichidan yaxshiroq natija qayd etishdi.

APL. “Liverpul” – “Vest Bromvich” (matnli translyatsiya) 

O'xshash yangiliklar


Manba: Squawka