Verratti Italiyaga qaytadi, ammo

Omonjon To`xtamirzayev
26 may 2023
PSJ yarim himoyachisi Marko Verrattining agenti Rafael Pimenta doimo, vaqti kelib, Italiyaga qaytish haqida o'ylaganini ma'lum qildi.

"Ertami-kechmi u Italiyaga qaytish niyatida. Biroq hozir PSJ mavsumni yakunlab olishi zarur, uyog'ini vaqt ko'rsatadi.

Biroq agent shuni ham alohida ta'kidladiki, Verratti PSJda baxtli va uning qaytishi aynan shu yoz amalga oshmasligi ham mumkin. Bunday versiyani Rafael faqatgina gazetalarda o'qigan.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Telefoot