Verratti "Barselona"ga kyetishni xohlagandi, ammo...

Alisher
17 fev 2021
PSJ yarim himoyachisi Marko Verrattining sobiq agenti Donato di Kampli 2017 yilda uning mijozi "Barselona"ga kyetishi mumkin bo'lganini aytdi.

Agentning so'zlariga ko'ra, u bilan kataloniyaliklar aloqaga chiqishgan va o'yinchi muzokaralarga rozi bo'lgan. Shunga qaramay PSJ transferga butunlay qarshi edi va yakunda o'z maqsadiga erishgan.

"Marko "Barselona"ga kyetishni va Messi bilan o'ynashni, shuningdek chempion bo'lishni xohlagandi. Men unga "Bavariya", "Barselona" yoki "Real"ga kyetishni maslahat berdim. Qachonki PSJ uni qo'yib yuborishga qarshi bo'lgani ayon bo'lgan payt, Verratti zaxiraga o'tishdan qo'rqdi va taslim bo'ldi"

Donato di Kamplining qo'shimcha qilishicha, xavbekka jamoa Neymar bilan shartnoma imzolashi va maoshini ko'tarishlarini vada qilishgan, ammo Verratti buning uchun o'z vakilini ishdan bo'shatishi kerak bo'lgan. "Men qo'lda Kalashnikov bilan boshladim, so'ngra suv pistoleti bilan tugatdim", - deydi di Kampli.


AlisherMuallif
Manba: L'Equipe