"Verona" Miranchukka qiziqmoqda. Aleksey yanvarda "Atalanta"dan ketishi mumkin

Alisher
27 noya 2021, 12:55
"Atalanta" yarim himoyachisi Aleksey Miranchuk klubini o'zgartirishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, "Verona" 26 yoshli rossiyalikka qiziqish bildirmoqda.

Qayd etish kerakki, Miranchuk yanvarda "Atalanta"dan ketmoqchi.

"Verona" A Seriyada 13 turdan so'ng 19 ochko jamg'argan holda, jadvalda 9-o'rinda bormoqda.

Miranchuk 2020 yilning avgustida "Atalanta" bilan shartnoma imzolagandi. Yarim himoyachi 39ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 3ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira