Verner: "Angliyaning eng yaxshi jamoasini mag'lub etdik"

Mirjalol Normatov
18 apr 2021, 12:54
"Chelsi" forvardi Timo Verner Angliya Kubogining yarim finalida "Manchester Siti"ni mag'lub etilgani haqida gapirdi.

"Menimcha, Angliyaning eng yaxshi ikki jamoasi maydonda kurash olib bordi. Imkoniyatlar teng edi. Biz g'alabaga erishdik, chunki, raqibni qarshi hujumda ushlay oldik. Yakunda o'tgan o'yinlar kabi yaxshi himoyalanib, g'alabaga erishdik. Menimcha, kuchli jamoa g'alabaga erishdi.

Shunday o'yinlarda rejaning o'rni seziladi, ammo yakunda individual mahorat barchasini hal qiladi. Mana nima uchun biz g'alabaga erishdik. Ikkala jamoa ham taktik tomonlama yaxshi o'ynadi. Biz esa individual kreativ harakatlar evaziga g'olib bo'ldik.

Agarda sovrin qo'lga kiritsak, mavsumni ajoyib o'tgan deb hisoblasa bo'ladi. Angliya Kubogi finali va YCHL yarim finalida o'ynashimiz shart. Oldinga qarab intilishimiz kerak, chunki sovrinlarga ega chiqa olamiz.

Ushbu mavsum men uchun noodatiy tarzda o'tmoqda. Gollardan ko'ra, golli paslarim ko'proq. Ammo bu ham jamoaning foydasiga ishlamoqda. Bunga qarshi emasman", - dedi Verner.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal