Vensan Kompani "Byornli"ning yangi bosh murabbiyiga aylanishi mumkin

Alisher
30 apr 2022
"Manchester Siti" sobiq himoyachisi Vensan Kompani "Byornli" yangi bosh murabbiyiga aylanishi mumkin.

Klub prezidenti Alan Peys Kompanini bu joy uchun davogarlardan biri sifatida ko'rmoqda. Ro'yxatda shuningdek Ueyn Runi, Kris Uaylder va Karlos Karvalyal bor.

Kompani 2019/20 yilgi mavsum "Anderlext" o'ynovchi murabbiyi bo'ldi, 2020 yilning yozida futbolchilik faoliyatini yakunladi va Belgiya jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Eslatib o'tamiz, "Byornli" 15 aprelda 2012 yilning oktyabridan beri jamoa bosh murabbiyi bo'lib ishlagan Shon Daychni iste'foga chiqardi.


AlisherMuallif
Manba: Daily Telegraph