

Bu ma'lumotni Vengriya futbol federatsiyasi ham tasdiqladi. Belgiyalik bu lavozimda Bernd Shtorkning o'rnini egalladi. Shtork Vengriya terma jamoasini JCH-2018 final bosqichiga olib chiqa olmaganidan so'ng iste'foga chiqarilgan edi.
Ma'lumot uchun, 68 yoshli Lekens 1984 yilda murabbiylik faoliyatini boshlagan. 2010-2012 yillarda Belgiya terma jamoasiga ustozlik qilgan. Uning so'nggi ish joyi Jazoir terma jamoasi edi. Lekens bilan 2 yillik shartnoma imzolandi.




