Venger, Zidan va Blan. Ulardan biri "Bavariya"ni boshqarishi mumkin

Tolibjon Qosimov
9 okt 2018, 11:34
"Bavariya" rahbarlari jamoa bosh murabbiyi Niko Kovachni almashtirishi mumkin bo'lgan nomzodlarni aniqlab olishgan.

Buni Germaniyaning "Bild" nashri tasdiqladi. Klub xo'jayinlarini myunxenliklarning joriy mavsumdagi natijalari qoniqtirmayapti. "Bavariya" barcha musobaqalar doirasida ketma-ket 4ta o'yinda g'alaba qozona olmadi. Kovachni almashtirishi mumkin bo'lganlar orasida Arsen Venger, Zinedin Zidan va Loran Blanlarning ismlari qayd etilgan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Bild