Venger UEFA shtab-kvartirasida Mourinyoni yonida o'tirishiga imkon bermadi

Aslanov Jasurbek
7 sen 2016, 16:10
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo va uning "Arsenal"dagi hamkasbi Arsen Venger bir-birini yomon ko'rishda davom etmoqda.

Nondagi UEFA elit murabbiylar forumida portugaliyalik mutaxassis barcha bilan yaxshi munosabatda edi. OAV vakillari va boshqa klubdagi hamkasblarini yaxshi kutib oldi. Keyin u murabbiylar va rasmiy shaxslar kutib o'tirgan zalga kirdi. Mourinyo Venger yonidagi bo'sh joyni ko'rdi va o'sha tomon harakatlandi.

"Yo'q, buning iloji yo'q" - deydi fransiyalik mutaxassis.

Mourinyo va Venger portugaliyalik 2004 yilda "Chelsi"ni boshqarishni boshlagandan beri bir-birini yoqtirmaydi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca