Venger taklifni rad etdi

Aslanov Jasurbek
29 apr 2019
"Arsenal" sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger "Lion" taklifini rad etdi.

Oldinroq, Fransiya klubi 69 yoshli mutaxassisga yozda jamoani tark etadigan Bruno Jenezio o'rnini egallashni taklif qilgan edi.

Venger "Arsenal"dan ketganidan so'ng ishsiz bo'lib turibdi. Mutaxassis "to'pchilar"da ishlagan 22 yil davomida 17ta sovrin yutishga muvaffaq bo'lgan.

Venger "Arsenal"ga kelishidan oldin "Nansi" va "Monako"da ishlagan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Telefoot