Venger “Real” va Angliya terma jamoasidan tushgan takliflarni bir necha bor rad etgan

23 may 2018, 00:40
“Arsenal”ning sobiq ustozi Arsen Venger London klubini boshqargan vaqtga unga bo'lgan takliflar haqida gapirdi.

“Yangi stadion qurgan vaqtimizda, banklar besh yil ichida meni o'z o'rnimni tark etishimni talab qilishgandi... “Real” menga taklif bilan chiqqan, chunki u paytda bu “Arsenal”ga xiyonat bilan teng hisoblanardi.

Men ikki yoki uch marta qirollik klubi taklifini rad etganman. Bu jamoa menga bolaligimdan yoqqan. Ammo qiyin vaqtda “Arsenal”ni tashlab keta olmasdim. Albatta, “qaymoqranglilar”ni boshqarish istagi bo'lgan, sababi ular menga jamoa ustidan to'liq nazoratni taqdim etishmoqchi edi. Men ko'plab klublarning takliflarini rad etganman va yakunda qayerda ishlagan bo'lsam, o'sha yerda o'zimni baxtli his qilganman.

Terma jamoa? Angliya terma jamoasidan ham ikki yo uch marta taklif bo'lgan. O'sha vaqtda menga har kuni jamoa bilan ishlash muhim bshlgan. Men bir necha bor aytganman: Angliya termasi uchung ingliz mutaxassisi zarur. Bu katta futbol mamlakati va Angliyada yuksak saviyadagi mutaxassislar etarli. Bu lavozim menga to'g'ri kelmaydi, deb hisoblaganman”, deya Vengerning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Bein Sports.

O'xshash yangiliklar


Manba: beIn Sports