Venger: "Real" O'zilni qo'yib yuborganiga hayron bo'ldim"

Tolibjon Qosimov
13 sen 2013, 19:40
Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Arsen Venger "Real"dan Mesut O'zilning sotib olinishi borasida gapirib berdi.

"Menimcha, O'zilning "Arsenal"ga o'tishi "Real"ning Garet Beylni sotib olishi bilan bog'liq. Klub ancha katta pul evaziga Beylni sotib olganini bilaman va O'zilni sotib moliyaviy holatini yaxshilab olishdi. Ammo nima bo'lgan taqdirda ham Madrid klubi O'zilni qo'yib yuborganidan hayron qoldim", - deydi Venger.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com