Venger: "Manchester Yunayted" umidsiz ko'rinmoqda"

Sherzod Nurmatov
31 okt 2023
Mutaxassis mankunianlardagi pasayishdan ranjidi.

"Arsenal" sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger "Manchester Yunayted"dagi pasayishdan xafa.

"Men "Manchester Yunayted"ning derbidagi mag'lubiyatini haqli deb aytgan bo'lardim. O'yin davom etar ekan, ikki jamoa o'rtasidagi tafovut kengayib bordi. "Manchester Yunayted"dek katta klubning umidsiz ko'rinishi uyat.

Ular nimasini yaxshilay olishi mumkinligini tushunmayapman. Bu jamoa o'ziga bo'lgan ishonch, sifat va hatto ruhni yo'qotgan", – dedi tajribali futbol mutaxassisi.

Avvalroq Venger APLning kuchli to'rtta jamoasi nomini e'lon qilgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sportskeeda