Venger: "Gnabrining "Arsenal" bilan kelishuvi bor edi, "Bavariya" esa uni "o'g'irlagan"

Tolibjon Qosimov
26 fev 2020, 14:52
"Arsenal" sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger ayni paytda "Bavariya"da to'p tepayotgan Serj Gnabrining jamoadan ketishi tarixini esladi.

Venger hozirda FIFAning global rivojlanish bo'limini boshqarmoqda.

"Gnabri hali eng yuqori cho'qqisiga chiqmagandi. Unda tezlik, kuch, texnika bor. U juda iqtidorli, lekin bazida oddiy yo'lni qidiradi. Uning muammosi ham shuda edi. Men Serjni "Vest Bromvich"ga yubordim, lekin bu ish bermadi, umuman.

To'g'risini aytadigan bo'lsam, Gnabri bilan kelishuvimiz bor edi. "Bavariya" esa uni "Verder"dan "o'g'irlagan". U "Vest Bromvich"da o'yin amaliyotiga ega bo'lmaganidan so'ng yozda Germaniya -21 terma jamoasiga ketishiga imkon berdim. U o'zini ajoyib tarzda ko'rsatdi. Biz unga yangi shartnoma tayyorlab qo'ygandik va tez orada uni imzolashni mo'ljallagandik. Shundan so'ng kutilmaganda Serj "Verder"ga ketishni xohlab qoldi. Aslida esa uni "Verder" emas, "Bavariya" sotib oldi. Uning shartnomasi tugayotgan edi va biz uni qoladi deb o'ylagandik", - dedi Venger.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Goal.com