Venger: "Chempionlikni 1 ochko bilan boy berishni omadsizlik deb bo'lmaydi"

Mirjalol Normatov
18 avg 2022, 00:32
Arsen Venger uchun o'tgan mavsum "Liverpul" uchun omadsiz o'tgan emas.

"Jamoam 2002-2004 yillari APLni yetakchisi bo'la oldi deb ayta olaman. Chunki o'shanda tarkibimiz hozirgi "Siti" hamda "Liverpul" kabi bo'lgandi. Ular so'nggi 4-5 yil davomida APLni boshqarishmoqda.

"Liverpul" bu davr mobaynida APLni bir marta yutdi. Biroq ularning ikkinchi o'rinda bo'lgani yomon jamoa ekanligidan darak emas. Ular baribir ajoyib jamoa. 38 o'yinlik chempionatda 1 ochkolik farq bilan chempionlikni boy berishni omadsizlik deb bo'lmaydi.

"Liverpul" fantastik mavsumni o'tkazdi. Ha, bazida fantastik o'yinlar o'tkazib ham hech qanday sovrin yutib bo'lmasligi mumkin", - dedi Venger.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Liverpool Echo