Venger: "Bornmut"ning ustunligi dam olishda bo'ldi"

Tolibjon Qosimov
4 yanv 2017, 11:24
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger "Bornmut"ga qarshi kechgan safar o'yiniga baho berib o'tdi.
"O'yinning boshlanishi biz uchun qiyin o'tdi. Birinchi daqiqalarda raqib bizdan tezroq va yaxshiroq edi. "Bornmut" olqishlarga munosib bo'ldi. Ular 3 yarim kun dam olishdi, biz esa oldingi uchrashuvni yakshanba kuni o'tkazgan edik. Mezbonlarning ustunligi ham shunda bo'ldi. Ularda bizga muammolarni tug'dirib bera oladigan xavfli va yaxshi jamoa bor", - deydi Venger.

Eslatib o'tamiz, APL 20-turidan o'rin olgan "Bornmut" - "Arsenal" uchrashuvi 3:3 hisobida yakunlandi.

Premer-liga turnir jadvali >>> APL

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Sky Sports