Venger Arsenal bilan shartnomani uzaytiradi

Narzulla Saydullayev
28 yanv 2014, 00:32
Arsenal ustozi Arsen Venger klubda keyingi mavsumda ham ishlashda davom etadi.
Arsen shartnomasini uzaytiradi, menimcha buni e'lon qilishning ayni vaqti, – deydi klub ijrochi direktori Ivan Gazidis.

Venger Arsenalda 1996 yildan buyon ishlab kelmoqda. Bu davr mobaynida klub uch bora Angliya chempionligiga erishgan (1998, 2002, 2004), to'rt bor Angliya kubogini qo'lga kiritgan (1998, 2002, 2003, 2005) to'rt marta Angliya Superkubogi qo'lga kiritilgan (1998, 1999, 2002, 2004).

Venger IFFHS talqini bo'yicha 21 asrning dastlabki 10 yilligining eng yaxshi murabbiyi deb topilgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru