O'zbekiston terma jamoasi va “Paxtakor” klubi sobiq ustozi Vega Da Silva championat.asia sayti savollariga javob qaytardi.
- Bugungi kundagi faoliyatingiz haqida to'xtalib o'tsangiz.
- O'zbekistondan qaytganimdan so'ng Braziliyada muvaffaqiyatli faoliyat olib bordim. 2010-2013 yillarda Baxiya shahrining “Vitoriya da Konkista” jamoasida, 2009 yilda Trinidad va Tobago premer ligasining “Mapau Sport Klubi”da ishladim.
- O'zbekiston terma jamoasi o'yinlarini kuzatayapsizmi, eng yaxshi shogirdlarimdan biri deb hisoblaganingiz Mirjalol Qosimov terma jamoamiz bilan JCHga chiqishga juda ham yaqin turibdi...
- Men natijalardan juda ham xursandman. Men ushbu mamlakatda ishlaganim bilan fahrlanaman. Mirjalol Qosimov mening shogirdim, hamda “Paxtakor”da jamoa sardori bo'lgan. Men doim uning kelajakdagi murabbiylik salohiyatiga urg'u berib kelganman. Endi buni isbotlash vaqti keldi. Mirjalol xaqiqiy professional va yetakchi. Uning ismi davlatingizda futbolning rivojlanishi bilan bog'liq.
- Muvaffaqiyatli faoliyatingizga qaramay nima uchun O'zbekiston bilan shartnomangizni uzaytirmagansiz?
- Davlatingizdagi natijalarim juda yaxshi edi. Kyetishimga bazi mamuriy muammolar sabab bo'lgan deb o'ylayman. Milliy chempionatda “Paxtakor” bilan muvaffaqiyat qozonganmiz, chempionlikka erishganmiz, hamda “Paxtakor-79” turniri g'olibligini qo'lga kiritganmiz. Milliy terma jamoa bilan Osiyo kubogi final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritganmiz. Pley-ofda Qozog'istonni 4:0 hisobida mag'lub etib, BAA bilan 0:0 hisobida durang o'ynaganmiz. Osiyo o'yinlarida yarim finalga qadar yetib borganmiz.
- Siz ishagan yil bilan solishtirsak, bizning futbolimizda juda katta o'sish bo'ldi. Yomon maydonlar kamaygan, infratuzilma kuchaygan. O'zbekistondan chorlov bo'lsa qaytarmidingiz?
- Men O'zbekistonni hech qachon unutmayman, chunki u erda do'stlarim va ajoyib insonlar qolgan. Hozirda u erda futboning o'sganligini inobatga olib yaxshi taklif bo'lsa o'ylab ko'rish mumkin.
- So'nggi yillarda O'zbekistonga kelayotgan legionerlar talab darajasida emas. Oyliklar yomon emas, masalan yaxshi o'yinchi 5 000-10 000 AQSH dollari miqdorida oylik oladi. Shu summadan kelib chiqib, bizning chempionatimizga mos o'yinchilarni Braziliyadan taklif qilsa bo'ladimi? Tabiiyki sizda oliy ligangiz saviyasini hozir bilmayman degan savol tug'iladi. Shuni aytishim mumkinki, hozir bizda Qosimov, Shkvirin, Abduraimov, Fyodorov, Shirshov va Akopyanc kabi kuchli futbolchilar oliy ligada yo'q. Yaxshilari hammasi xorijda...
- Menda futbolchilar va umuman hamma yaxshi taassurot qoldirdi. “Paxtakor” va Milliy terma jamoada taktik va texnik o'zgarishlar ro'y bergan. Futbolchilar yaxshi o'yin namoyish etishdi. Ammo xali ham texnik, taktik sifatlarni oshirish, maslalarga professional yondashish kabi ko'p jihatlar ustida ishlash kerak.
Braziliya B seriyasida o'ynovchi ko'pgina mahoratli futbolchilar bor va aminmanki ular O'zbekistonda muvafaqiyatli o'ynashlari mumkin.
Qosimov, Shkvirin, Abduraimov, Fyodorov, Shirshov, Akopyanc va nomi keltirilmagan boshqa bazi futbolchilar boshqacha bo'lishgan. Bugun ular kabi mahoratli futbolchilarni topish qiyin. O'zbek futbolchilarining chet davlatlarda o'ynashiga keladigan bo'lsak, men bunda ijobiy tomonini ko'raman. Chunki terma jamoani shakllantirish chog'ida ham taktik, ham jismoniy, ham ro'hiy jihatdan ko'proq tajribaga ega bo'lgan futbolchilarning keng tanlovi vujudga keladi.
- Braziliyada o'tkazilinadigan jahon chempionatiga ham oz vaqt qoldi, mamlakatingiz katta futbol forumiga tayyormi?
- Jahon chempionatini ajoyib o'tkazish uchun ish olib borilayapti. U juda yaxshi o'tadi deb ishonaman.
- Braziliya jahonda o'zining avvalgi mavqeini berib qo'yishiga sabab, braziliyaliklarni yoshligidanoq Evropaga chiqib ketayotganligi bilan baholamaysizmi, hozir biz avval miriqib tomosha qiladigan braziliya terma jamoasini ko'rmayotgandekmiz.
- Braziliya terma jamoasi xozirda avlodlar almashinuvini boshdan kechirayapti, shuningdek texnik qumitada ham o'zgarishlar qilindi. Luiz Felipe Skolari ko'p narsani o'zgartirdi. O'ylaymanki biz Jahon chempionatida g'olib bo'lishimiz mumkin, chunki u Braziliyada bo'lib o'tadi.
- Bir paytlar sizni qo'l ostingizda o'ynagan Dekudek saviyali futbolchi Braziliya uchun ortiqcha bo'lar edi, hozir esa shunday futbolchilar Braziliyaning o'ziga kerak.
- Deko meni qo'l ostimda o'ynagan futbolchilardan biri. Men uning va Pepening birinchi murabbiyi bo'lganman. Hozirda Dekuning poziciyasiga u kabi mohir o'yinchini jahonda topish qiyin.
Hozirda jahon futboli taktik, texnik va jismoniy jihatlar bo'yicha oldinga qadam tashladi. Barcha kuchli jamoalarda imkoniyat bor va Braziliya o'zining asl uslubiga qaytishi kerak. To'p bilan ko'p maqsadli muomala qilish va shu bilan birga himoyani unutmaslik. Braziliyalik yosh futbolchilarning boshqa davlatlarga kyetib qolishining ijobiy jihatlari ham bor deb o'ylayman. Ular ko'proq tajribaga ega bo'lishadi. Ammo ularni Braziliyada uzoqroq ushlab qolish kerak deb o'ylayman.
- Nima deb o'ylaysiz, Neymar reklama qilinayotgan darajada, Ronaldu yoki Ronaldinio bosib o'tgan yo'lni qaytara oladimi, sizningcha uning o'yin uslubidan kelib chiqib Evropaning qaysi klubiga o'tishi lozim?
- Neymar kuchli xarakterga ega, o'zgacha futbolchi. Ishonamanki, uning “Barselona”ga o'tishi to'g'ri qaror. Ronaldo, Ronaldinio kabi muvaffaqiyat qozonishi uning moslashuv jarayoniga bog'liq bo'ladi.
- Faoliyatingiz davomidagi eng yaxshi 11ta futbolchingizni tanlab bera olasizmi va u erda O'zbekistonda o'yinchi bo'ladimi, to'g'risini aytavering xafa bo'lish yo'q.
- Men juda ko'p futbolchilar bilan ishlaganman. Eng kuchli 11 futbolchini keltirish qiyin. Lekin bazilarini ta'kidlab o'taman.
Pavel Bugalo (Paxtakor)
Vagner Diniz (Vasko da Gama)
Andrey Fyodorov (O'zbekiston milliy terma jamoasi)
Lima (Atletiko)
Pepe (Real Madrid)
Edson Silva (San Paolo)
Nikolay Shirshov (Paxtakor)
Luis Gustavo (Bayer Myunix)
Souza (Fluminense)
Deko (Barselona)
Mirjalol Qosimov (Paxtakor)
Igor Shkvirin (Paxtakor)
Andrey Akopyanc (Paxtakor)
Adriano Gabiru (Internacional)
Ze Karlos (Japao)
Azamat Abduraimov (Paxtakor)