Vaskes "Napoli" - "Real" uchrashuvidan oldin maydonda mix topdi
Aslanov Jasurbek
8 mar 2017
"Real" hujumchisi Lukas Vaskes "Napoli"ga qarshi Chempionlar ligasi 1/8 final uchrashuvidan oldin, bahs o'tishi rejalashtirilgan "San-Paolo" maydonidan mix topdi.
Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi topgan mix tuproq namligini tekshiruvchi uskunaga tegishli.
"Real" javob uchrashuvida "Napoli"ni 3:1 hisobida taslim etdi va Chempionlar ligasining chorak finaliga chiqdi. Birinchi bahs ham shu hisobda yakunlangan edi.