Vardi APLda unikal natijaga erishdi

Eldor Akmurzayev
13 fev 2021, 19:50
Angliya chempionati 24-turida “Lester” o'z maydonida “Liverpul” ustidan irodali g'alabaga erishdi.

Uchrashuvda gollardan biriga mezbonlar forvardi Jeymi Vardi mualliflik qildi. Vardi chempionat doirasida “qizillar” darvozasini 8-marotaba ishg'ol qildi. U APL tarixida “Arsenal” hamda “Liverpul”ga 8 tadan gol urgan ilk futbolchiga aylandi. Shuningdek, hujumchi “Man Siti”ga ham xuddi shuncha to'p kiritgan.

34 yoshli ingliz APLda gol+pas sistemasi bo'yicha 100 ochko (81 gol va 19 assist) to'pladi. Musobaqa tarixida 30 yoshdan keyin bunday natijaga atigi 6 futbolchi erishgan – Teddi Sheringem, Frenk Lempard, Ian Rayt, Rayan Giggz, Alan Shirer va Janfranko Zola.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Opta