Varan safga qaytdi

Mirjalol Normatov
13 may 2023
"Manchester Yunayted" himoyachisi Rafael Varan 13 may kuni "Vulverxempton"ga qarshi o'yinda maydonga tusha oladi.

Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Erik ten Xag ma'lumot berdi. Fransiyalik himoyachi 14 aprel kuni "Sevilya"ga qarshi o'yinda jarohat olgandi. U bilan bir kunda jarohatlangan Lisandro Martines uchun mavsum yakunlangan. Varan esa anchagina tez tuzalib, safga qaytdi.

Jamoa to'purari Markus Reshford jarohat olgan. Uning "Vulverxempton"ga qarshi o'ynashi so'roq ostida turibdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: manutd.com