APL klublari Manega davogarlik qilmoqda

Sherzod Nurmatov
23 fev 2026
Yozgi transfer oynasi "Vulverxempton"ning 18 yoshli vunderkindi Mateush Mane bilan bog'liq hikoya sabab yanada qiziq bo'lishi kutilmoqda.

Premer-liganing uchta grandi – "Liverpul", "Manchester Yunayted" va "Arsenal" yosh vingerga jiddiy qiziqish bildirmoqda, ammo hozircha ustunlik mersisaydliklar tomonida.

"Caught Offside" ma'lumotlariga qaraganda, "Liverpul" raqiblaridan o'zib ketgan. "Qizillar" allaqachon o'yinchining vakillari bilan dastlabki muzokaralar o'tkazgan va bu muzokaralar ijobiy tus olgan.

Bundan tashqari, "Liverpul" harakatlarini yanada faollashtirishga tayyor va yozgi transfer oynasida rasmiy taklif berish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

Biroq bu transfer hali yakunlanishdan ancha uzoq. "Vulverxempton" tarbiyalanuvchisini taxminan 50 mln funt sterlingga baholamoqda. Agar klub shu narxda turib olsa, "Liverpul" bu summani to'lashga rozi bo'lmaydi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Caught Offside