Varan "Real"dan ketmoqchi

Sherzod Nurmatov
10 mar 2021, 23:25
Madridning "Real" klubi himoyachisi Rafael Varan yozgi transferlar vaqtida klubini o'zgartirmoqchi, deb xabar berdi AS.

Nashrning yozishicha, futbolchi faoliyatining oxirida emas, aynan cho'qqisiga chiqqan pallasida Angliya Premer-ligasida o'ynashni istamoqda. Shu munosabat bilan Varan "Real" bilan 2022 yil yozigacha tuzilgan shartnomani uzaytirmoqchi emas. 

"Qirollik klubi" hech bo'lmaganda pul ishlash uchun o'yinchini sotishi kerak, lekin "Real" hali ham fransiyalik bilan yangi shartnoma tuzishdan umidvor.

27 yoshli Varan joriy mavsum "Real" safida barcha turnirlarda 33 uchrashuv o'tkazgan va 2 ta gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS