Varan Evro-2020'da e'tiborini tortgan terma jamoalarni aytdi

Eldor Akmurzayev
27 iyun 2021
Fransiya TJ himoyachisi Rafael Varanga Shveytsariya, Belgiya va Niderlandiyaning qita birinchiligidagi o'yinlari maqul kelmoqda.

“Shveytsariya – futbol o'ynashdan qo'rqmaydigan jamoa, ular ko'p gol urishmoqda. Xato qilishga haqqimiz yo'q. Ko'ramiz, ularga qarshi tura olarmikinmiz. Samarali harakat qilishimiz kerak bo'ladi.

Belgiya va Niderlandiya terma jamoalari esa Evro-2020'da menda eng katta taasurot qoldirayotgan jamoalardir”, deydi Varan.

Eslatib o'tamiz, Fransiya TJni 1/8 final doirasida 28 iyun kuni Shveytsariya qarshi bahs kutmoqda.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Téléfoot