

"APLdagi kurashuvchanlik boshqa ligalarnikidan farq qiladi. Bu yerdagi tezlik juda yuqori. Ushbu tajriba men uchun juda foydali bo'lmoqda. Shuningdek, stadiondagi atmosfera menga juda yoqdi. Bu yerdagi kurash to'xtamaydi, undan tashqari, futbolchilarda doimo pozitiv kayfiyat hukm suradi.
Ha, bu yerdagi o'yinlar juda og'ir o'tadi. Bo'shashish mumkin emas. O'yin tugashiga 10 daqiqa qolganida ham bir-ikki golli g'alabalar ham boy berilishi mumkin. APL - dunyoning eng yaxshi ligasi. Har bir jamoa yuqori darajada o'yin ko'rsatmoqda.
Bu yerdagi taktika darajasi ham yuqori. Futbolchilar va murabbiylar turli xil davlatlardan. Shu sababli barcha klublarda bir necha davlat madaniyati hukm suradi. Shu sababli bu ligani eng yaxshisi deb hisoblayman va shu boisdan bu erga futbolchilar oshiqib kelaverishadi", - dedi Varan.



