"Vankuver" Kanada chempioniga aylandi

Alisher
27 iyul 2022
"Vankuver Uaytkeps" Kanada chempioniga aylandi.

U finalda "Toronto"ni mag'lub etdi.

Asosiy vaqt 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi va qo'shimcha bo'limlarda gol urilmadi. Penaltilar seriyasida esa "Vankuver" g'alaba qozondi - 5:3.

"Uaytkeps" Kanadaning eng yaxshi jamoasiga beriladigan Voyajer Kubogini qo'lga kiritdi. Bundan tashqari, "Vankuver" KONKAKAF Chempionlar Ligasida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia