Vanihoyat! "Chelsi" futbolchisini ijaraga bera oldi

Omonjon To`xtamirzayev
29 avg 2024, 14:44
Londonning "Chelsi" klubi oxirgi vaqtlarda bizni faqat futbolchi sotib olishiga ko'niktirib qo'ydi.

Ma'lumotni Fabricio Romano ham tasdiqladi. 

"Aristokratlar" shu qadar ko'payib ketdiki, ko'plab memlarga sabab bo'lishni boshladi. Biroq "Chelsi" kerak bo'lmagan futbolchilar bilan xayrlashish borasida ham ishlamoqda. Buning isboti o'laroq, londonliklar serbiyalik kiperini ijara berib yubordi. Jorje Petrovich joriy mavsumni "Strasburg"da o'tkazadigan bo'ldi. 

"Chelsi" va francuz klubi bir mavsumlik ijara bo'yicha kelishuvga erishishdi. Shuningdek, "Strasburg"da sotib olish huquqi yo'qligini takidlash lozim.

Eslatib o'tamiz, Petrovich "Chelsi"ga 2023 yil yozida "Nyu-Inglend"dan kelib qo'shilgandi. 

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Фабрицио Романо