Van Persi MYUning sobiq futbolchilari bilan birga ishlaydi
Mirjalol Normatov
12 iyul 2019, 10:40
"Arsenal" hamda "Manchester Yunayted" kabi jamoalarning sobiq futbolchisi Robin van Persi Buyuk Britaniyaning "BT Sport" telekanali eksperti bo'lishga rozilik berdi.
U telekanal bilan bir mavsumlik shartnoma imzoladi.
Qayd etish kerak, ushbu kanalda "Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchilari Rio Ferdinand va Ouen Xargrivz kabi sobiq futbolchilar ham faoliyat olib borishmoqda.