Van Persi jurnalistlar safiga qo'shilib Advokatga savol berdi
Aslanov Jasurbek
20 okt 2016, 16:10
"Fenerbaxche" hujumchisi Robin van Persi "Manchester Yunayted"ga qarshi Yevropa ligasi bahsi oldidan o'tkazilgan matbuot-anjumanida jurnalistlar safiga qo'shilib, jamoa bosh murabbiyi Dik Advokatga savol berdi.
"Asosiy tarkibdan joy olamanmi?" - savol berdi van Persi.
"Yaxshi savol. Bunga o'yindan oldin javob beraman" - dedi Advokat.