Van Persi jamoasi bilan shartnomasini uzaytirdi

Mirjalol Normatov
15 may 2018, 12:40
Tajribali hujumchi Robin van Persi "Feyenoord" tarkibida o'ynashni davom ettiradi.

Klub matbuot xizmati xabariga ko'ra, 34 yoshli hujumchi Rottyerdam jamoasi bilan 2019 yilning yoziga qadar shartnomasini uzaytirgan.

Tugagan mavsumda van Persi Gollandiya chempionatida 12 uchrashuvda maydonga tushib, 5 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: euro-football.ru