

“2009 yil yozida “Real” Benzema, Kaka va Ronaldu bilan shartnoma imzoladi. Men uchun asosiy tarkibda boshqa o'rin yo'q edi. Buni to'g'ri qabul qildim, chunki o'shanda 33 yoshda edim. Ammo JCH-2010'ga borishni xohlardim va shu tufayli “Gamburg”ga o'tdim. Bu qarorni juda tez, shoshilinchda qabul qildim. Ortga qarab, Madridni tark etmasligim kerak bo'lganini tushunmoqdaman. Bu faoliyatimdagi eng asosiy xato edi”, deydi Nistelroy.
Qayd etish joizki, Bundesligaga yo'l olganidan keyin sobiq forvard Niderlandiyaning JCH-2010 uchun qaydnomasida o'rin olmagan. O'sha yilgi mundialda “lolalar yurti” vakillari finalda Ispaniyaga kichik hisobda (0:1) yutqazgandi.



