Van Gal: "Vudvord - futbolni tushunmaydigan odam"

3 iyun 2019, 21:20
"Bavariya" va MYUning sobiq murabbiyi Lui van Gal mankunianliklar vice-prezidenti Ed Vudvordning ishini tanqid qildi.

Gollandiyalik mutaxassis Vudvord  futbolni tushunmaydi deya ta'kidladi.

"Bavariya"da futbol odamlari rahbarlik qilishadi. Ularni qadrlayman. Boshqa tarafdan "Manchester Yunayted" vize-prezidenti Ed Vudvordni futbolni 0 darajada tushunadigan  odam sifatida bilaman. U oldin sarmoya kirituvchi bank xodimi bo'lib ishlagan. Albatta bu yomon, ayniqsa klub tijoriy qarashga ega insonlar tomonidan boshqarilsa", - deydi Van Gal.

O'xshash yangiliklar


Manba: goal.com