Van Gal: "Runi nega gol urmayotganini o'zidan so'rang"

Aslanov Jasurbek
17 okt 2015
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Lui van Gal jamoa sardori Ueyn Runining kam gol urayotganidan havotirda.

Hujumchi bu mavsumda APLning 7ta uchrashuvida bor-yo'g'i 1ta gol urdi.

"Ha, havotirdaman. "Everton" bilan o'yinda nimadur o'zgarishi mumkin. U so'nggi vaqtlarda nega gol urmayotganini bilmayman, bu haqda Runining o'zidan so'rang. Mening murabbiy sifatidagi vazifam - raqib o'yinini tahlil qilish va futbolchilarimga ularning himoyasidan qanday o'tish borasida maslahat berish.

Ueyn - bizning sardor, uning jamoaga ta’siri boshqa futbolchilarnikidan yuqoriroq. U men uchun, jamoadoshlari, hammamiz uchun juda muhim. Runi ikkinchi hujumchi bo'lib o'ynaydi. Ko'ramiz nima bo'lar ekan, u boshqa poziciyalarda ham o'ynay oladi" - deydi van Gal.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph