Van Deykning diskvalifikaciya muddati uzaytirilishi mumkin

Sherzod Nurmatov
29 avg 2023
Niderlandiyalik futbolchi o'zini tutib tura olmadi.

Virjil van Deyk "Nyukasl"ga qarshi o'yinda (2:1) Alisson bilan yakkama-yakka chiqib borayotgan Aleksander Isakni yiqitgani uchun to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka oldi. Biroq niderlandiyalik o'yinchi standart diskvalifikaciya muddatini bir o'yinga oshirish xavfi ostida qoldi.

Muammo shundaki, Virjil van Deyk hakam Jon Bruksning qaroridan noroziga bo'lgan. Va u noroziligini juda hissiyotli, behayo so'zlardan foydalangan holda amalga oshirgan. Boz ustiga, van Deyk maydonni tark etayotganda to'rtinchi hakam Kreyg Pousonga ham baland ovozda baqirgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com