Van Deyk Messi bilan bir ligada o'ynashi mumkin

Alisher
19 mar 2025
"Liverpul" sardori Virjil van Deyk jamoasini o'zgartirishi mumkin.

Futbolchida MLSdan taklif bor.

Avvalroq, gollandiyalik futbolchiga Saudiya Arabistonidan qiziqish bo'lgandi. Xususan, futbolchini "Al Hilol" o'z safiga qo'shib olmoqchi edi.

Virjil van Deyk "Liverpul" safida jami 311 ta o'yinda maydonga tushib, 26 ta gol urgan va 13 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Avvalroq, OAVda niderlandiyalik "qizillar" bilan yangi shartnoma imzolashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.


AlisherMuallif
Manba: Get French Football News