Van Deyk: "Men akademiyadan quvishlariga sal qolgandi"

Mirjalol Normatov
11 may 2020, 20:12
APLning eng yaxshi himoyachilaridan biri Virjil van Deyk bir vaqtlar klub akademiyasidan haydalishi mumkinligi haqida gapirdi.

"10 yil davomida "Villem II" akademiyasida o'ynaganman. 16 yoshligimda meni ketkazib yuborishmoqchi bo'lishgan. O'shanda bo'yim past va jismoniy imkoniyatlarim unchalik yaxshi emasdi.

Yoz oyiga kelib, tezda o'sib ketdim va barchasi yaxshi bo'ldi. Hatto bo'yim tez o'sganidan mushaklarim tez-tez jarohat olib turardi. Bo'yimning uzunligidan katta qadamlar tashlashni boshladim", - dedi van Deyk.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal