Van der Vart Ronalduni to'xtatish yo'lini aytdi

9 iyun 2019, 09:26
Gollandiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Rafael van der Vart Millatlar ligasi finali haqida fikrlarini bildira turib, Ronalduni qanday qilib “zarasizlantirish” haqida gapirdi.

“Gollandiya terma jamoasi sovrin qo'lga kiritishga tayyor. Ayni paytda jamoada tajribali va yosh futbolchilar uyg'unlashgan.

Ronaldu haqida gapiradigan bo'lsak, uni faqat jamoaviy harakat orqali to'xtatib qolish mumkin. Unga nisbatan personal futbolchini qo'yish  foyda keltirmaydi”, deya van der Vartning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Bild.

Portugaliya-Gollandiya uchrashuvi bugun, 9 iyun kuni Portu shahridagi “Dragau” stadionida bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da boshlanadi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: Bild