Van der Sar - De Xeaning xatolari haqida: "U ham odam"

Mirjalol Normatov
17 sen 2020, 22:15
"Manchester Yunayted"ning sobiq posboni Edvin van der Sar mankunianliklarning ayni damdagi asosiy darvozaboni David de Xea haqida gapirdi.

"De Xea MYU uchun borini berdi. Mening o'rnimni egallaganidan keyin jamoaga juda katta yordam bera oldi. Xendersonning "Sheffild"dagi o'yinlaridan rohatlandim, biroq Davidning holati ham yomon emas. To'g'ri, David o'tgan mavsumda juda ko'p xatolikka yo'l qo'ydi. Biroq u ham odam. Barcha xato qiladi.

Sulsher ayni damda jamoaga kerakli darvozabon haqida o'ylayotgan bo'lsa kerak. Davidni hali ham jamoaga kerakli darvozabon deb hisoblayman", - dedi van der Sar.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal