Van de Bek "Manchester Yunayted"dan ketish variantlarini izlamoqda
Omonjon To`xtamirzayev
7 iyun 2023, 14:45
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Donni van de Bek yaqin haftalar ichida transfer variantlarini o'rganib chiqadi.
Futbolchi jamoa bosh murabbiyi Erik ten Xag bilan yaxshi aloqadaligiga qaramay, klubni tark etishi mumkin. Sababi Donni yangi mavsumda muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lishni istaydi.