"Valyadolid" bosh murabbiyini iste'foga chiqardi

Omonjon To`xtamirzayev
3 apr 2023, 17:37
La Liga 27-turida "Valyadolid" Madridning "Real" klubiga (0:6) mag'lub bo'ldi.

"Valyadolid" 55 yoshli bosh murabbiy Pachetaning iste'foga chiqqanini e'lon qildi. Xose Roxo Martin 2021 yil iyun oyida jamoa boshqaruvini o'z qo'liga olgandi va o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra, uni Primeraga olib chiqqan.

Bu mavsum jamoa 27 o'yindan keyin 28 ochko bilan 16-o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia