Valverde xayrlashuv maktubini yozdi

Alisher
14 yanv 2020
"Barselona" sobiq bosh murabbiyi Ernesto Valverde "Kamp Nou"dagi muxlislarga va klub xodimlariga ochiq xat yozdi.

Murabbiyning maktubi "ko'k-anorranglilar"ning rasmiy saytida e'lon qilindi.

"Mening "Barselona" bosh murabbiyi sifatidagi damlarim yakunlandi. Qiziqarli 2,5 yilni o'tkazdim. Men sovrinlarni yutganimizda nishonladim va yutqazganimizda xafa bo'ldim.

Men muxlislardan minnatdorman. Ular meni doim sevib, hurmat qilishgan. Prezident Xosep Bartomeu va direktorlar kengashiga ham minnatdorchilik bildiraman. "Barselona"ni shug'ullantirganimdan xursandman.

Futbolchilarga va men bilan birga klubda ishlagan barchaga minnatdorchilik bildiraman. Yangi murabbiy Kike Setenga esa omad tilayman", - deydi Valverde.

Avvalroq, "ko'k-anorranglilar" bosh murabbiyligidan Ernesto Valverde olinib, uning o'rniga Kike Seten tayinlangan edi.

"U bunga loyiq emasdi" - "Barselona" sobiq ustozi Valverdening yonini oldi 


AlisherMuallif
Manba: fcbarcelona.com