Valverde: "Rakitichni "Barselona"da olib qolmoqchiman"

Aslanov Jasurbek
25 avg 2018
"Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde tarkibda yarim himoyachi Ivan Rakitichni saqlab qolmoqchi ekanligini aytdi.

Oldinroq, PSJ xorvatiyalik futbolchi uchun "Barselona"ga 90 mln evro to'lamoqchi ekanligi e'lon qilingan edi.

"Rakitich - eng yaxshi futbolchilardan biri. U qanday o'ynashimizni yaxshi biladi va bu jamoaning bir qismi hisoblanadi. Biznes emas, g'alabalar muhim. Rakitichni "Barselona"da saqlab qolmoqchiman. Ivan qolishiga umid qilyapman. Rafinya borasida to'xtaladigan bo'lsak, transfer oynasi yopilguniga qadar qanday harakatlar bo'lishini bilmayman" - deydi Valverde.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Espana