Valverde: "Pedroning qaytishi? Ko'ramiz, nima bo'larkan"

Alisher
14 dek 2019, 15:12
"Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde "Chelsi" vingeri Pedroning Kataloniya klubiga qaytish haqidagi istagiga fikr bildirdi.

"Pedro bu klub uchun tarixiy o'yinchi hisoblanadi. U klub bilan ko'plab titullarni qo'lga kiritgan o'yinchilardan biridir.

U boshqa klubda va biz buni hurmat qilishimiz kerak. Ko'ramiz, kelajakda nima bo'larkan", - deydi Valverde.

Eslatib o'tamiz, ispaniyalik yarim himoyachi "Barselona" safida 2005-2015 yillarda o'ynagan. Uning "Chelsi" bilan tuzgan shartnomasi 2020 yilga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca