Valverde: “Grizmann ajoyib futbolchi. Biroq men “Barsa”ning hozirgi tarkibidan mamnunman”

Narzulla Saydullayev
18 noya 2017, 14:25
“Barselona” bosh murabiyi Ernesto Valverde o'z jamoasida Antuan Grizmanni ko'rish haqidagi savolga javob berdi.

“Grizmann - ajoyib futbolchi. Har doim qaysidir futbolchining “Barselona” bilan kelishuvi haqida gap-so'zlar yuradi. Kuchli futbolchilar bilan shunday bo'lishi tabiiy. Biroq men hozirgi tarkibdan mamnunman. Ko'ramiz, keyinchalik nima yuz berarkin'', - deydi murabbiy.

Eslatib o'tamiz, shu haftada Grizmanning “Barsa” bilan kelishuvga erishgani haqida ma'lumotlar yangragan edi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: marca.com