Valverde YCHLdagi "o'lim guruhi"ga baho berdi

Mirjalol Normatov
1 sen 2018, 01:00
Kecha Yevropa chempionlar ligasining yangi mavsumi guruh bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Kataloniya klubi guruh bosqichida "Inter" "Tottenxem" va PSV jamoalari bilan kurash olib boradi.

"Ajoyib guruhga tushdik, umuman olganda bunday turnirlarda har doim shunday bo'lib kelgan. O'z uslublariga ega bo'lgan jamoalarning kvartetini ko'rdik.

"Inter" YCHLga qaytdi va shu boisdan turnirda yaxshi qatnashishga intiladi. Mark van Bommel boshqarayotgan PSVni yaxshi bilamiz. Garchi yozda transferlar amalga oshirmagan bo'lsa-da, Pochettinoning "Tottenxem"i anchagina kuchli. Guruhdan chiqsa bo'ladi", - dedi Valverde.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ESPN