Valverde: "Barselona" rahbariyati meni doimo qo'llab-quvvatlab kelgan"

Mirjalol Normatov
12 may 2019, 11:40
"Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde jamoaning YCHLdan chiqib ketganidan keyin iste'fo berishi mumkinligi haqida gapirdi.

"Men bu borada umuman o'ylamayapman. Ishimni davom ettirib, barchasini tartibga solish uchun menda kuch etarlicha. Boshqalar kabi oldinga intilishni istayman, biroq ortga o'girilib, o'tmishga tosh otishni umuman xohlamayman.

Har bir jamoada bunday vaqtlar bo'lib turadi. Yigitlarning ko'zidagi g'azab o'chib qolgandi o'shanda, endi barchasini to'g'rilash kerak", - dedi Valverde.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Espana