Valverde ajoyib natijani qayd etdi

Mirjalol Normatov
16 sen 2018, 11:40
Ernesto Valverde qo'l ostidagi "Barselona" ketma ket ikkinchi marta "Real Sosedad" maydonidan g'alaba bilan qaytdi.

Klub avvaliga 1:0 hisobida mag'lub bo'layotgandi. Keyinchalik bir necha daqiqa ichida 2 gol urib, g'alabani o'z tomoniga og'dirib oldi.

Qayd etish kerak, "Barselona" Ernesto Valverde kelgunga qadar uzoq yillar davomida milliy chempionat doirasida San-Sebastyandan g'oliblik bilan qaytmagandi.

"Barselona" Valverdegacha "Real Sosedad" maydonida 2007 yilda g'alaba qozongan ekan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Fussball Wettpoint