Valter Maccarri: "Shifokor Xandanovichning ahvoli og'irligini aytdi"

Tolibjon Qosimov
30 okt 2013, 16:53
"Inter" bosh murabbiyi Valter Maccarri "Atalanta"ga qarshi o'yin (1:1) haqida fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bugun jamoa birinchi navbatda jismoniy jihatdan o'yinda o'zini yomon tomondan ko'rsatdi. Ko'proq mehnat qilganimizda yaxshiroq o'yin namoyish etishimiz mumkin edi".

"Denis gol urgan vaziyatda bo'shanglikka yo'l qo'ydik va unga zarba berish uchun imkon berdik".

"Xandanovichning jarohatimi? Shifokorning aytishicha uning ahvoli og'ir. Aniq ma'lumotga keyinroq ega bo'lamiz", deya Maccari so'zlaridan "Inter" rasmiy sayti iqtibos keltirmoqda.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru