
“Yana bir o'ng qanot o'yinchisi olsak juda yaxshi bo'lardi. Menga o'ng qanot o'yinchisi suv va havodek zarur ekanligini barcha biladi. Bu o'yinchi hujumda qanday yaxshi harakat qilsa, himoyada ham shunday o'ynashi kerak bo'ladi”, - deydi Maccarri.
Eslatib o'tamiz, “neriadzurrilar” “Yuventus” bilan Maurisio Isla transferi bo'yicha bir necha marotaba muzokaralar o'tkazishgan edi. Lekin turinliklar so'nggi paytda futbolchini sotish fikridan qaytishdi.
Bundan tashqari “Inter” “Napoli” himoyachisi Kamilo Suniga bilan qiziqishmoqda.