

- RPLning 2015/16 yildagi chempionligiga asosiy davogarlar, bular SSKA va "Zenit". Aynan mana shu ikki jamoada chempionlik uchun katta imkoniyat mavjud. "Rostov" futbolchilariga esa tajribasizlik pand berib qolishi mumkin. So'nggi o'yinlarda ular kuchli bo'lmagan raqiblarga qarshi o'ynab g'alaba qozona olmadilar. Chempionlikka kurashayotgan jamoa bunday o'yinlarda g'alaba qozonishi kerak. Ular esa durang qayd etdilar. "Zenit" va SSKA esa vaziyatni jiddiyligini bilgan holda o'yinlarga tayyorgarlik ko'ryapti. "Lokomotiv"ga qarshi kechgan o'yindan keyin "harbiylarni" qanday g'azablanganini barchangiz ko'rdingiz.



